Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon ta’lim granti. Ta’lim uchun 5 milliard so‘mlik grant loyihasi

2.09.2021 01:02
Registon ta’lim granti. Ta’lim uchun 5 milliard so‘mlik grant loyihasi

Respublika miqyosida “REGISTON” o‘quv markazi 5 yilga mo‘ljallangan umumiy sovrin jamg‘armasi 5 milliard so‘mga teng bo‘lgan ta’lim uchun Grant loyihasini e’lon qiladi. Bizning asosiy maqsadimiz ta’lim sifatini oshirish va yoshlarning bilim olishga intilishini yanada rag‘batlantirishdan iborat.

Loyiha 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 5 yil davomida Respublika miqyosida turli ko‘plab tanlovlar orqali eng iqtidorli bo‘lgan o‘quvchilarga, abituriyentlar va talabalarga taqdim qilib boriladi. Aynan shu loyihaning 1-mavsumi (sovrin jamg‘armasi: 100 mln so‘m) 2021-yil sentabr oyida boshlanadi va keyingi 5 yil davomida yangi loyihalar orqali ta’lim Granti tanlovlari davom etadi.

“REGISTON” o‘quv markazi tomonidan tashkil qilinayotgan ta’lim Granti loyihasining 1-mavsumi Respublika miqyosida abituriyentlar va o‘quvchi yoshlar uchun tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad iqtidorli abituriyent va o‘quvchi yoshlarning yanada professional ta’lim olishlari uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

Ta’lim Granti tanlovida qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

Registon ta’lim granti loyihasining 1-mavsumi yo‘riqnomasi

“REGISTON” o‘quv markazi iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida eng kuchli yoshlarga OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida ta’lim Granti tanlovining 1-mavsumini e’lon qiladi. Ushbu tanlovning umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mga teng bo‘lib, abituriyentlar va o‘quvchi yoshlar uchun tashkil etildi.

Ushbu tanlov haqida “REGISTON” o‘quv markazining rahbari Avazbek Tulovov bilan tayyorlangan maxsus intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz. Intervyuda tanlov haqida batafsil ma’lumot berilgan:

Tanlovning asosiy maqsadi iqtidorli abituriyent va o‘quvchi yoshlarning yanada professional ta’lim olishlari uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

  • Ma’lumot uchun, “REGISTON” o‘quv markazi respublikamizdagi eng yirik ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, hozirda markazning 12 ta filiali mavjud. 7 yil davomida 30 minga yaqin yoshlar tahsil olishgan.

Grant g‘oliblari maxsus pul mukofotlari, esdalik sovg‘alar, "Regbooks" nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitoblar, qo‘llanmalar hamda QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi, shuningdek tanlovda ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikatlar beriladi.

Grant tanlovi tashkilotchilari:

Tanlov kimlar uchun?

  • Abituriyentlar, umumta’lim maktab, akademik litsey, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun

Grant o‘rni

  • 100 ta

Grantni moliyalashtirish miqdori:

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

"Registon ta’lim granti" tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mustaqil ravishda OLIYGOH.UZ platformasi tizimidan ro‘yxatdan o‘tadilar va tanlov sinov shartlari bilan oldindan tanishadilar. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus kod jo‘natiladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining “Shaxsiy kabineti” faollashtiriladi.

Tanlov bosqichlari va talablari

  • Grant o‘rni – 100 ta
  • Grantni moliyalashtirish miqdori – 100 million so‘m bo‘lgan maxsus sovrinlar
  • Grant yo‘nalishlari – 10 ta

Grant yo‘nalishlari. Ishtirokchilar Grant tanlovida 10 ta yo‘nalishda ishtirok etishlari va g‘oliblikni qo‘lga kiritishlari mumkin:

1. Ona tili va adabiyot

2. Tarix

3. Matematika

4. Fizika

5. Biologiya

6. Kimyo

7. Geografiya

8. Rus tili

9. Ingliz tili

10. IELTS

10 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 nafar ishtirokchi Grant g‘olibi bo‘lishi mumkin.

GRANT uchun nomzodlarni saralash 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi

Birinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar

Imtihon turi: Tanlangan yo‘nalishga oid 30 ta test savoli

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 1-bosqichi 15-sentabrdan 24-sentabrga qadar 10 kun davomida 10 ta fandan onlayn imtihon bo‘lib o‘tadi. (Imtihon kunlari pastda havola qilinadi) Imtihon har kuni soat 20:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 30 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari talab etiladi. 1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy mandat shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 500 (besh yuz) nafardan ishtirokchi 2-bosqichga o‘tkaziladi.*

Ajratilgan vaqt: 30 daqiqa (Har bir savolga bir daqiqadan vaqt ajratiladi. Eslatma imtihon oynasi 2 soat vaqt davomida ochiq turadi, imtihon uchun 30 daqiqa vaqt ajratilgan, ya’ni imtihon oynasi ochiq bo‘lgan vaqt davomida ishtirokchilar 30 daqiqa davomida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha imtihondan o‘tishlari mumkin)

Birinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

* Ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 500 (besh yuz) nafardan ishtirokchi o‘tadi. Ya’ni har bir yo‘nalishdan 500 nafardan ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanma oladi, umumiy 5 ming nafar ishtirokchi 2-bosqichda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishadi

Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Imtihon turi: IQ (mantiqiy tahlil) ga oid 25 ta test savollari

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 2-bosqichi 26-sentabr kuni soat 20:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 30 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari talab etiladi. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng mandat shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 100 (yuz) nafardan ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.**

Ajratilgan vaqt: 30 daqiqa (Har bir savolga bir daqiqadan vaqt ajratiladi. Eslatma imtihon oynasi 2 soat vaqt davomida ochiq turadi, imtihon uchun 30 daqiqa vaqt ajratilgan, ya’ni imtihon oynasi ochiq bo‘lgan vaqt davomida ishtirokchilar 30 daqiqa davomida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha imtihondan o‘tishlari mumkin)

Ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

** Uchinchi bosqichga 2-bosqichdan saralangan 100 (yuz) nafardan ishtirokchi o‘tadi. Ya’ni har bir yo‘nalishdan 100 nafardan ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanma oladi, umumiy 1000 nafar ishtirokchi final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishadi

Uchinchi bosqich (Oflayn shaklda) Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar “REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyasida sinovdan o‘tkaziladi.

Imtihon turi: Tanlangan yo‘nalishga oid yozma imtihon va uning himoyasi

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning final bosqichi 3-oktabr kuni “REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyalaridan birida imtihon bo‘lib o‘tadi. Final bosqichi vodiy va Sirdaryo viloyati yoshlari uchun “REGISTON” o‘quv markazining Toshkentdagi filiallaridan birida, shuningdek Respublikamizning boshqa hududlarida yashovchi yoshlar uchun esa Samarqand viloyatida joylashgan hududiy filiallarida bo‘lib o‘tadi. Har bir final ishtirokchisiga imtihon manzili, vaqti va hududi alohida sms xabarnoma qilib yetkaziladi.

Eslatma: Final bosqichida Grantning mutlaq g‘oliblari saralanadi va aniqlanadi. Grant g‘oliblari 100 nafarni tashkil etadi

Grant g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, "Regbooks" nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitoblar, qo‘llanmalar hamda QR-kodli diplomlar berilishi bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 6 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta;
  • 2-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 4 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta;
  • 3-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 2 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta.

Bundan tashqari, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 70 nafar (har bir yo‘nalishdan 7 nafardan) ishtirokchiga 1 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 7 tadan bo‘lib, grantlar soni 70 ta;

Eslatma: Grant vaucherlar iqtidorli yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida “REGISTON” o‘quv markazida tahsil olish uchun ishlatiladi.

Barcha final bosqichining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazi maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida taтtanali ravishda taqdirlanishadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

OLIYGOH.UZ jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Ma’lumot uchun: Grant tanlovi bo‘yicha yangiliklarini OLIYGOH.UZ rasmiy telegram kanali yoki “REGISTON” o‘quv markazining telegram kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

“REGISTON” o‘quv markazining Bosh ofis manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida joylashgan

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozing.