Milliy sertifikat imtihoniga ruxsatnoma berish boshlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi,deya bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” (https://my.dtm.uz/national-cert) bo‘limidan olishlari mumkin. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida:
- -smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
- -smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi, deyiladi xabarda