Talaba

Samarqandda 19 yoshli talaba o‘z joniga qasd qildi

Samarqandda 19 yoshli talaba qizning 9-qavatdan o‘zini tashlab joniga qasd qilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

387 ko'rish

Samarqandda 19 yoshli talaba o‘z joniga qasd qildi

Samarqandda 19 yoshli talaba qiz joniga qasd qildi

24-fevral kuni Samarqand shahrida 19 yoshli talaba qizning o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Uzreport.news nashriga bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu fojea 19-fevral kuni soat 17:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Marhuma – 2005-yilda tug‘ilgan S.M. bo‘lib, u Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan sakrab, joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fuqaro ISFT xususiy institutining talabasi bo‘lgan.

Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish