44 nafar abituriyent IELTS sertifikatini soxtalashtirdi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bilim va malakalarni baholash agentligining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilgi kirish imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish vaqtida kiritilgan sertifikatlar tekshirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlangan.
Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu boʻyicha tegishli maʼlumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan. Ularga qanday chora ko‘rilganligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Qayd etish kerakki, 2022-yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etdi. Bu 2021-yilga nisbatan 17 468 taga yoki 2,6 barobarga koʻp (2021-yilda 10 648 ta).