Sirtqi ta’lim: qaysi yo‘nalishlarda 5 yillik ish staji talab qilinadi?

2022-yilgi qarorga ko‘ra, pedagogik sohadagi sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga kamida 5 yillik ish staji talab etiladi. Boshqa yo‘nalishlar uchun esa staj talab etilmaydi.

10 295 ko'rish

Sirtqi ta’lim: qaysi yo‘nalishlarda 5 yillik ish staji talab qilinadi?

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorga ko‘ra, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishda ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar talab etiladi.

Sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yillik ish staji talab etiladigan yo‘nalishlar:

  • Boshlang‘ich ta’lim
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • Musiqa ta’limi
  • Jismoniy madaniyat
  • Texnologik ta’lim

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan va hozirda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan olinadi.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari:

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Maktab

O‘quvchining darsga e’tiborsizligining sabablari

O‘quvchining darsga e’tiborsiz bo‘lish sabablari, ta’lim jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar va muammoni bartaraf etish usullari haqida batafsil ma’lumot. O‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish yo‘llarini bilib oling.

189 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish