Super-kontrakt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma taqdim etilmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Super-kontrakt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi
Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda. Bu chegirma oddiy (bazaviy) kontrakt uchun taalluqli emas.
Ammo bu chegirma 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga amal qiladi. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha taqsimlangan:
- O‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.
Mana shu toifadagi abituriyentlar, garchi birdaniga 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli kontraktning 50 foizini to‘lab, qolgan qismini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lash mumkin.
Eslatma: 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) ball va undan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.