“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham grant asosida o‘qishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham grant asosida o‘qishi mumkin
Prezidentning 2024-yil 24-mayda chiqarilgan PF-81-sonli Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o‘qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichiga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Bu jarayonda, 1-kursda o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan talabalar keyingi yildan grant asosida tahsil olishi mumkin.
Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.