22 yoshli talaba 5 yilga qamaldi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2001-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat texnika universiteti 4-kurs talabasi S. R. telegram ilovasidagi sahifasi orqali “VK music bot” orqali ko‘chirib olingan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan audioqo‘shiqni (nashida) tanishiga yuborgan.
30-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan ayblangan S. R. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan 2022-yil 18-iyuldagi IP-1218-sonli xulosasiga ko‘ra, diniy mazmundagi S. R. tarqatgan diniy qo‘shiq (nashida) aqidaparastlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu kabi diniy materialni mamlakatimiz hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.
S. R. 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Qayd etilishicha, birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ushbu hukmdan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkin.