Talaba sinf rahbar bo‘lishi mumkin emas
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Talaba sinf rahbar bo‘lishi mumkin emas
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga (manba) ko‘ra, sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asoslanib tanlab olinadi:
- Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
- Maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishi mumkin emas);
- Boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
- O‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan.
Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan 4-sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.
Mazkur mezonlarga javob bermaganligi uchun talabaga sinf rahbarlik berish mumkin emas.