Talabaga 1-semestrda akademik ta’til berilishi mumkinmi?
12.10.2024 17:43
Talabaga 1-semestrda akademik ta’til berilishi mumkinmi?
Talabaga akademik ta’til faqat qonun hujjatlarida belgilangan holatlardagina beriladi. Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, talabaga akademik ta’til quyidagi holatlarda berilishi mumkin:
- Harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- Salomatligini tiklash uchun;
- Homiladorlik va tug‘ish uchun;
- Bolalarni parvarish qilish uchun.
Ushbu nizomning 3-bandiga ko‘ra, akademik ta’til yuqoridagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda o‘quv yilining har qanday qismida beriladi, shu jumladan 1-semestrda ham.
Shunday qilib, agar talabaning holati ushbu bandlarga mos kelsa, unga 1-semestrda ham akademik ta’til berilishi mumkin. Talaba bu masalada tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishi tavsiya etiladi
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
“HEMIS Mobile” ilovasining yangi, 4-versiyasi ishga tushirildi.
12-fevral 11:30
Nordikda ikki diplomli dasturlar: Talabalarga yevropa universitetlariga yo‘l ochilmoqda
27-avgust 17:59
Qanday qilib boy talaba bo‘lish mumkin?
08-avgust 13:51
Qaysi hollarda talabaga ijara puli to‘lab berilmaydi?
26.09.2024 16:08