Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin
31-yanvar 14:30

➡️ BATAFSIL
Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2021-yil 15-oktyabrdagi 646-sonli qaroriga muvofiq, pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga maktablarda dars berish huquqi berildi. Ushbu imkoniyat kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘lim talabalari uchun ham amal qiladi.
Kimlar maktablarda ishlashi mumkin?
- Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalari
- Kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalar
Mazkur qarorning maqsadi
Ushbu tartib:
- Maktablarda malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligini kamaytirish
- Talabalarga o‘qish jarayonida amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratish
- Yangi pedagoglarni maktab tizimiga erta jalb qilish maqsadida qabul qilingan.
Ushbu huquq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun birdek amal qiladi, ya’ni barcha pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga maktablarda dars berish qonuniy ravishda ruxsat etiladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Talabalar pedagogika yo‘nalishida 2-kursdan ishlashi mumkinmi?
28-sentabr 15:24