Talabalar kontrakti uchun qilingan to‘lovlardan 12% qaytarib olish (To‘liq qo‘llanma)
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Talabalar kontrakti uchun yoki xususiy bog‘cha va maktablar uchun qilingan to‘lovlardan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas.
Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin: ▫️kontrakt;▫️nodavlat bog‘cha va maktablar;▫️ipoteka kreditlari.
Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.