Bu yil talabalar uchun chet elga qisqa muddatga chiqib kelish uchun qanday dasturlar bor?

"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Hamjihatlik. Missiyamizga faqat bir butun jamoa bo'lib kurashsakkina yeta olamiz. Bir yoki ikki kishi hech nima qila olmaydi. Maqsadlarimizga birgalikda, albatta yetamiz.– Registon ta'lim loyihasi
Hozirda grant ajratiluvchi bir nechta yozgi maktab, oromgoh va konferensiyalarga arizalar qabul qilinmoqda.
Quyida ularni keltirib oʻtamiz:
1. Internationale Schillertage festivali:– Germaniyada 2023-yil 22-iyundan 2-iyulgacha boʻlib oʻtadi; dedlayn: 30.04.2023– Safar, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari qoplanadi– Ingliz, nemis yoki fransuz tilini bilish kerak– Festival mavzusiga (“Beautiful world, there you are!”) barcha qatnashishi mumkin
2. South American Business Forum:– Argentinada 2023-yil 28-30-iyul kunlari boʻlib oʻtadi, dedlayn: 16.04.2023– Turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi– Ingliz yoki ispan tilini bilish kerak– Bakalavr, magistr va PhD talabalari, shuningdek, shu bosqichlarni 2022 yoki 2023-yil bitirganlar qatnash oladi
3. Science Summer Camp 2023:– Gonkongda 2023-yil 10-15-iyulda boʻlib oʻtadi; dedlayn: 30.04.2023– Bepul turar joy, oziq-ovqat va safar uchun mablagʻ beriladi– Ingliz tilida boʻladi– City University of Hong Kongʼda PhD bosqichida oʻqishni rejalashtirayotganlar qatnasha oladi
4. Bucharest Summer University:– Ruminiyada 2023-yil 13-27-avgust kunlari oʻtkaziladi, dedlayn: 20.05.2023– Qatnashish badali uchun toʻliq va qisman grantlar mavjud– Ingliz tilida boʻladi– Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari qatnasha oladi
5. The Summer School of Journalism and Socio-cultural Research:– Germaniyada 2023-yil 16-29-iyul boʻlib oʻtadi, dedlayn: 22.04.2023– Transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi– Rus tilida oʻtkaziladi– Jurnalist, tadqiqotchi va blogerlar qatnashishi mumkin
6. Leading Asia Scholarship: One Young World sammiti:– Shimoliy Irlandiyada 2023-yil 2-5-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi, dedlayn: 30.04.2023– Turar joy, oziq-ovqat, safar xarajatlari qoplanadi– Ingliz tilida oʻtkaziladi– 18-30 yoshli yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin.
manba: grantlar.uz