Talabalar uchun nomli stipendiyalar roʻyxati yangilandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezident Farmoni (10.08.2023, PF-132) qabul qilindi. Unga ko‘ra PF-555-son Farmon 2-bandiga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda — yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi yo‘nalishlarda nomli davlat stipendiyalari taʼsis etildi.
- texnika uchun — Beruniy,
- tibbiyot uchun — Ibn Sino,
- gumanitar uchun — Navoiy,
- tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn uchun — Kamoliddin Behzod,
- tabiiy yoʻnalishlarda — Ulugʻbek,
- kinematografiya uchun — Xudoybergan Devonov,
- tarix va geografiya uchun — Bobur,
- jismoniy tarbiya va sport uchun — Pahlavon Mahmud,
- Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy,
- Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida — Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov,
- shuningdek, barcha yoʻnalishlarda — Islom Karimov nomli.
Belgilandiki:
- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulugʻbek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;
- Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;
- Qolgan barcha nomdor stipendiyalar har bir oliy o‘quv yurtining bir nafardan talabasiga berilsin.