Talaba

Talabalar uchun onlayn ariza orqali to‘lov shartnomasini olish boshlandi

22-avgustdan barcha talabalar yangi o‘quv yili uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega. Tizim orqali ariza yuborish va shartnoma olish jarayoni haqida batafsil ma’lumot.

9 829 ko'rish

Talabalar uchun onlayn ariza orqali to‘lov shartnomasini olish boshlandi

22-avgustdan boshlab talabalar uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi

22-avgustdan barcha talabalar (1-kurslar ham) yangi o‘quv yili uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

“Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring,” deyiladi vazirlik xabarida. Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish