Talabalar uchun yana bir stipendiya ta’sis etiladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Kontraktini to‘liq to‘lagan talabalar uchun har oyda BHMning 3 baravari, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun har oyda BHMning 6 baravari miqdorida stipendiyalar tayinlanadi.
Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) ga ko‘ra:
2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.
Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming soʻm), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming soʻm) stipendiyalar tayinlanadi.