Talabalarga ikkinchi bosqichdan ishlashga ruxsat berilishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Foto: «Xabar.uz»
Hukumatning «Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.
Unga ko‘ra:
- oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi bosqichdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;
- haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;
- talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ikki oy muddatda, quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:
- sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;
- sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi bosqichdan boshlab berilishi;
- sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.