Ta’til tugamasdan yotoqxonaga kelgan talabalar yotoqxonalardan chiqarilmoqda. Vazirlik buni nazoratga olishini aytdi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan taʼtil yakuniga kelmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Ayni damda qishki taʼtil uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish boʻyicha individual ishlar olib borilmoqda.
Havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga koʻra zarur sharoit yaratib berish choralari koʻriladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan mazkur topshiriq barcha taʼlim muassasalari rahbarlariga berilgan. Shuningdek, talabalarning taʼtillarini samarali tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Shu oʻrinda, oʻz yashash hududlarida qolgan talabalarga oʻz ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlari tashkil etiladi. Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari soʻraladi.
Bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sogʻligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda OTMlar rahbariyatiga har bir talaba uchun qoʻshimcha qishki hordiqni samarali tashkil qilish va bunda insoniylik tamoyillariga rioya qilib, masalaga yechim topish qatʼiy belgilandi.
Mazkur topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida ekanini eslatib oʻtamiz.