Talabalarning kontrakt puli davlat hisobidan to‘lab beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Talabalarning kontrakt puli davlat hisobidan to‘lab beriladi: Imtiyoz va ariza berish tartibi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar O‘zbekistonning istalgan oliy ta’lim muassasasida, shu jumladan davlat, xususiy va xorijiy OTMlar, texnikumlar va kollejlarda o‘qiyotgan bo‘lsa, kontrakt bo‘yicha imtiyozdan foydalanishi mumkin. Ushbu kontrakt “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi.
Jamg‘arma har bir tuman (shahar)da hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Arizalar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga topshiriladi, va arizaga oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak. Ariza topshirishning aniq muddati yo‘q, shu sababli istalgan vaqtda ariza topshirish mumkin.
Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qiling, chunki ariza topshirilgandan so‘ng, 3 ish kuni ichida arizangiz yoshlar yetakchisiga yuboriladi. Yoshlar yetakchisi 5 ish kuni ichida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani beradi. Agar tavsiyanoma berish rad etilsa, bu qaror asoslantirilgan bo‘lishi shart.
Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi o‘z tashabbusi bilan kontrakt pulini o‘tkazib berishi mumkin. Kengash qaror qabul qilgandan so‘ng, 3 ish kuni ichida pul oliy ta’lim muassasasining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ariza umumiy hisobda 11 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Agar ariza natijasidan yoki biror mansabdor shaxsning harakatlaridan norozi bo‘lsangiz, hech ikkilanmay sudga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qilishingiz mumkin.