Talabalarning kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan qoplanishi mumkin

Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishi mumkin
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar kontraktining 35 foizi Ittifoq tomonidan to‘lab berilishi mumkin.
Moddiy yordam kimlarga beriladi?
✅ Bakalavriat va magistratura bosqichlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga
✅ Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriatga qabul qilingan talabalarga ikkinchi kursdan boshlab
Talabalar bu imkoniyatdan Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda foydalanishi mumkin.
Moddiy yordam olish shartlari
- Talabalar kontraktining 65 foizini belgilangan muddatda o‘zlari to‘lashi kerak.
- Shundan so‘ng, Ittifoq qolgan 35 foiz miqdorini qoplab beradi.
Moddiy yordam berilmaydigan holatlar
❌ Ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga
❌ Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan o‘qishga qabul qilingan va allaqachon Ittifoq tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan talabalar
Ushbu dastur faol talabalarni rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan bo‘lib, oliy ta’limda kontrakt to‘lovini yengillashtirishga yordam beradi.