“Talabaning universal bank kartasi” tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–76-son Farmoniga muvofiq “Talabaning universal bank kartasi” tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 20-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Boshqaruv raisi K.Irisbekova bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, “Talabaning universal bank kartasi” loyihasining asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida, talabalar bank kartasidan guvohnoma sifatida foydalanishi, shuningdek, yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish, onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish, omonatlar va elektron hamyonlar ochish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish va masofaviy bank xizmatlarining barcha turlaridan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Talabaning universal bank kartasi” tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shma qaror imzolandi.