Talabalarga ta’lim krediti berishning yangi tartibi tasdiqlandi
31.07.2021 13:08

Hozirgi kunda Registon o'quv markazida 350 ortiq professional mutaxasis repetitorlar faoliyat yuritishmoqda.– Registon o‘quv markazi
Hujjatga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt toʻlov asosida tahsil olish uchun kredit ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab talabalarga 7 yil muddatga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi.
Unga koʻra:
- tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasi (14%)da ta’lim krediti ajratadi. Resurs Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi;
- talaba kreditni oʻqishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.
- kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi.
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.
- ta’lim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tuziladi (yuridik shaxs boʻlmaydi). Jamgʻarmaga 2021-yilda kamida 1 trln soʻm, keyingi yillardan haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻ ajratiladi.
- jamgʻarma tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4% bandga past boʻlgan stavkada resurslar ajratadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit va resurs stavkasi ham pasayadi, agar oshsa, oʻzgarishsiz qoladi.
Eslatma: endilikda nafaqat ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga, balki to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan barcha talabalarga birdek imtiyozli ta’lim krediti berilishi nazarda tutilmoqda.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
«Ayti»da o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari beriladi
08.03.2023 17:59
Qaysi banklar abituriyentlarga super-kontrakt uchun kredit beradi?
19.01.2023 00:16
Ta’lim krediti kimlarga beriladi va uni olish tartibi qanday
09.01.2023 15:42
Xotin-qizlar uchun 7 yillik foizsiz ta’lim krediti
10.12.2022 12:40