Ta’lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin
31.08.2023 11:46

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.
Buning uchun:
Kreditga ariza yuborishda arizachi:
- pasporti yoki ID raqami;
- Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
- FISH kiritiladi.
Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;
Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.
Kredit olish jarayoni quyidagicha:
- Onlayn ariza qoldirish;
- Arizani ko‘rib chiqish;
- Hujjatlarni rasmiylashtirish;
- Kredit ajratish.
Arizani ushbu saytda qoldirishingiz mumkin talim-krediti.uz
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
1-iyulda magistraturaga qabul boshlanishi kerak
30-iyun 14:26
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha sodda tushuntirish
28-iyun 18:07