Ta’lim krediti kimlarga beriladi va uni olish tartibi qanday
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ta’lim kreditlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Unga ko‘ra, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
- ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.
Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi hamda u Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, yoki asosiy stavka oshirilgan taqdirda ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.
Joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 33 ta bankning 15 tasi ta’lim kreditlarini taqdim etadi. Shundan 11 ta bank oliygoh shartnomasida ko‘rsatilgan summaning 100%ini to‘lab beradi. Qolgan ikki bank — “Orient Finans Bank” 250 mln, “Ipak Yo‘li Bank” esa 20 mln so‘mgacha mablag‘ ajratadi.