Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi kasblarni egallashi mumkin?

28-sentabr 15:08
Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi kasblarni egallashi mumkin?

arix yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasblarni egallashlari mumkin:

Davlat va nodavlat tashkilotlarda:

  • Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix fani o‘qituvchisi;
  • O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
  • Maktab direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
  • Laborant yoki kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish.

Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

  • Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralar;
  • Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari;
  • Davlat boshqaruv organlari va ta’lim muassasalari.

Yo‘nalish bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatlari:

  • Pedagogik;
  • Ilmiy-tadqiqot;
  • Ma’naviy-ma’rifiy;
  • Tashkiliy-boshqaruv