Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreyaning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi!

12-avgust 14:20
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreyaning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi!

TATU - YEUNGNAM UNIVERSITETI

“2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari mavjud: - “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” (Information and Communication Engineering);- “Kompyuter injiniring” (Computer Engineering).

TATU - KOOKMIN UNIVERSITETI

“3+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznes axborot texnologiyalari” (Business IT) bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

TATU - SEJONG UNIVERSITETI

“1+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration - MBA) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

🎓 Yuqoridagi barcha qo‘shma ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlari nufuzli OTMlarning chet ellik professorlari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

📄 Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga tegishli ravishda TATU va hamkor oliy ta’lim muassasasi tomonidan ikkita diplom beriladi.

TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR:

- Pasport;- Diplom yoki Shaxodatnoma;- Xorijiy til (Ingliz tili) sertifikati B1+ daraja (yoki Ingliz tilidan imtihon)

📎 Qabul jarayoni 26-avgustgacha davom etadi.

⬇️ Hujjatlarni onlayn topshirish uchun: https://apply.tuit.uz/

Batafsil ma’lumot uchun:

+99871-238-55-55

+99833-900-07-56