Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul imtihoni ruxsatnomalari e’lon qilindi

29-may 20:06
“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul imtihoni ruxsatnomalari e’lon qilindi

“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul imtihoni ruxsatnomalari e’lon qilindi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda.

📅 2025-yil 1-iyun (yakshanba) kuni abituriyentlar uchun maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar qanday o‘tkaziladi?

  • Hududlar kesimida: Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida bir vaqtning o‘zida 1-smenada tashkil etiladi.

  • Tashkil etish vaqti: Talabgorlar soat 8:30 dan 9:30 gacha imtihon hududiga ruxsat etiladi.

  • Muhim eslatma: 9:30 dan keyin kelgan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Ruxsatnoma va imtihon joyini qanday bilish mumkin?

Abituriyentlar qachon va qayerda imtihon topshirishi, shuningdek, ruxsatnomani yuklab olish uchun quyidagi havolaga murojaat qilishlari kerak:

🔗 my.uzbmb.uz/service/63

Imtihonga kirishda talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani taqdim etishlari majburiy.

Imtihon jarayonida qat’iy tartib-intizomga rioya etish zarur. Bu yo‘nalishga kirishni istagan abituriyentlarga oldindan barcha hujjatlarni tayyorlab, belgilangan vaqtdan kechikmaslik tavsiya etiladi.