Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-265-son qaroriga binoan, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti qo‘shilib, ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
Universitetning asosiy vazifalari:
- Muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash.
Ilg‘or muhandislik maktabi:
- 2024/2025 o‘quv yilidan Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu maktab yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
- Professor-o‘qituvchilar va doktorantlar xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi.
- Bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.
Xalqaro hamkorlik:
- Universitet xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotining dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantirish huquqiga ega bo‘ladi.
Talabalar va diplomlar:
- Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi tashkil etilgan Universitetda davom ettiradi.
- 2024/2025 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.