Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Test sinovlari uchun yangi binolar ro‘yxati e’lon qilindi

13-iyul 11:20
Test sinovlari uchun yangi binolar ro‘yxati e’lon qilindi

Test sinovi binolari bo‘yicha ma’lumotlar

Bilimni baholash agentligi rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi (manba).

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi
  • Hududga kirish joylari
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili
  • Bino raqami
  • Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar
  • Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi)

Binolarni aniqlash

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolarni (manba) mazkur sahifadan tanlab, ushbu hududdagi binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.