Tibbiyot tashkilotlari klinik ordinaturasiga kirish test sinovlari
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-2024-o‘quv yili uchun respublika tibbiyot tashkilotlari klinik ordinaturasiga kirish test sinovlari 2023-yil 15-oktabr kuni o‘tkaziladi.
Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, 09:00 dan 12:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari klinik ordinatura mutaxassisliklariga mos 3 ta fandan o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir fandan 33 tadan jami 99 ta test topshirig‘i beriladi.
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan tibbiyot tashkiloti tomonidan tarqatiladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.