Toshkent kimyo-texnologiya institutida Industriya 4.0 modeli bo‘yicha xorijiy investorlarni jalb etilishi rejalashtirlmoqda
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Toshkent kimyo-texnologiya institutida fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash va Industriya 4.0 modeli bo‘yicha ta’lim jarayoniga xorijiy investorlarni jalb etish hamda zamonaviy bilimga ega bo‘lgan muhandis – texnologlar tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
2022 yil 20 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga murojaatnomasida qo‘yilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yildan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutida yangi Industriya 4.0 dasturi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Professional ta’limni rivojlantirish va kimyo va oziq-ovqat sanoatining zamonaviy ishlab chiqarish korxonalariga o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan, muhandislik yo‘nalishlarida kasb-hunarni mukammal egallagan yoshlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada institut tarkibidagi akademik litsey va texnikumlarda kadrlar tayyorlashda xorij tajribasidan foydalanish hamda xorijiy mutaxassislar va investorlarni ushbu sohaga jalb etish ustuvor vazifa sifatida qabul qilindi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha institut tarkibidagi Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan texnikumda Kanadaning Janubiy Alberto universiteti, Yevropaning Polsha va Avstriya davlatlarining kasbiy ta’lim standartlarini amaliyotga joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Angren texnikumi bazasida Kanadaning Janubiy Alberta texnologik instituti Xalqaro mijozlarni korporativ rivojlantirish bo‘yicha departamenti mutaxassisi menedjer Judy Pedersen va Avstriyalik FELDER GROUP kompaniyasining MDH bo‘yicha direktori Andrey Sergeevich Samsonov, Polshaning ITM Software House kompaniyasi ijrochi direktori Aleksey Skroskiy kabi xorijiy hamkor investorlari investitsiya loyihalari asosida zamonaviy o‘quv – ilmiy laboratoriyalarini tashkil qilish, zamonaviy ofis mebellari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, institut bazasida Avstriyaning FELDER GROUP kompaniyasi yordamida ishlab chiqarish korxonalari xodimlari malakasini oshirish markazini tashkil qilish – unda 3D loyihalash va modellashtirish, ishlab chiqarish simulatsion trenajer qurilmalari bilan jihozlash, kadrlarni tayyorlashda kompaniyaning Yevropa standartlari asosidagi o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalarni nashr ettirishga kelishildi.
Shu maqsadda 2022 yilning 23 dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Avstriyaning xorijiy investor kompaniyasi FELDER GROUP ning MDH bo‘yicha direktori Andrey Sergeevich Samsonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori prof. B.Sh.Usmonov, institut Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i A.N.Shernaev hamda Avstriyaning FELDER GROUP kompaniyasining MDH bo‘yicha direktori Andrey Sergeevich Samsonov ishtirok etishdi.
Sohaning yetakchi professor-o‘qituvchilari yordamida zamonaviy o‘quv materiallarini rus va o‘zbek tillariga tarjima qilish va ishlab chiqarishdagi xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va institut ta’lim jarayoniga joriy qilinadi.
Bundan tashqari 2023 yilning yanvar-fevral oylarida Polshaning Shinaka Mebel, Rossiyaning Angstrem kompaniyasi va Avstriyaning FELDER GROUP kompaniyalari yordamida mebel ishlab chiqarish korxonalari uyushmasi korxonalari ishtirokida O‘zbekiston matbuot markazida Brifing o‘tkaziladi hamda O‘zbekistondagi mebel ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida turli tanlov o‘tkaziladi. Ushbu tanlov natijasida g‘olib bo‘lgan korxonalarni WORLD SKILLS, EURO SKILLS xalqaro tanlovlarida qatnashishga jo‘natiladi.
TKTI bazasida Avstriyaning FELDER GROUP kompaniyasi yordamida ishlab chiqarish korxonalari xodimlari malakasini oshirish markazini tashkil qilish – unda 3D loyihalash va modellashtirish, ishlab chiqarish simulatsion trenajer qurilmalari bilan jihozlash, kadrlarni tayyorlashda kompaniyaning Yevropa standartlari asosidagi o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalarni nashr ettirishga kelishildi.