«TOEFL» xalqaro imtihonlari DTMda shartnoma asosida tashkillashtiriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2021 yilning ikkinchi choragida «TOEFL» toifasidagi xalqaro imtihonlar DTMda shartnoma asosida tashkillashtiriladi. Bu haqda AOKAda Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
AOKAda Davlat test markazi tomonidan chet tilni bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha 2020 - 2021 yillarda o‘tkazilgan test sinovlari hisoboti va tahlili hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda DTM boshqarma boshlig‘i Javlonbek Nurmatov joriy yilda markaz tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«2021 yil yakuniga qadar chet tillaridan yangi formatdagi ko‘p darajali test tizimini amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur ko‘p darajali test sinovi tizimi xalqaro ta’lim tizimi imtihonlariga mos kelishi bilan birgalikda, CEFR shkalasining B1-B2-C1 darajalarini o‘z ichiga olgan yagona formatga ega bo‘ladi. Bunda barcha ko‘nikmalarni baholay oladigan yangi baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
2021 yilning ikkinchi choragidan xalqaro ta’lim tashkiloti ETS (Educational Testing Service) tomonidan o‘tkaziladigan «TOEFL ITP», «TOEIC», «TOEFL IBT» xalqaro imtihonlarini Davlat test markazida shartnoma asosida tashkillashtirish rejalashtirilmoqda», dedi DTM boshqarma boshlig‘i.