Toshkentda Amerika diplomi: Webster universiteti 2026-yil uchun qabulni ochdi va yangi yo‘nalishlarni taqdim etdi
Toshkent shahridagi Vebster universitetining 2026-yil kuz semestri uchun qabul davom etmoqda. Shu bilan birga, universitet bu yil ikkita yangi akademik yo‘nalish, Xalqaro huquq (LLB in International Law) va Strategik kommunikatsiyalar (MA in Strategic Communications) dasturlarini ishga tushirdi.
O‘zbekistondagi eng yirik xalqaro universitetlardan biri bo‘lgan Vebster amerika ta’lim standartlariga asoslangan ta’limni taklif etadi va yoshlar uchun global akademik hamda professional imkoniyatlar yaratadi.

Xalqaro akkreditatsiya va amerika sifatidagi ta’lim
Vebster qariyb yuz yillik tarixga ega, amerika akkreditatsiyasiga ega universitet bo‘lib, uning diplomi xalqaro miqyosda tan olinadi. Ta’lim dasturlari amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar nafaqat nazariy bilim, balki real ish muhitida talab qilinadigan ko‘nikmalarni ham egallaydi.
“Bugungi global bozorda muvaffaqiyat uchun faqat bilim yetarli emas. Talabalar turli muhitlarda ishlash, mustaqil fikrlash va tez moslashish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Webster’da biz aynan shu kompetensiyalarni rivojlantiramiz,” — deya ta’kidlaydi universitet rektori Prof. Dr. Jean Paul van Marissing.
Butun dunyo bo‘ylab o‘qish imkoniyati
Websterning asosiy afzalliklaridan biri bu Study Abroad dasturi bo‘lib, u orqali talabalar Toshkentdan tashqari Vebsterning xalqaro kampuslari Vena, Jeneva, Leyden, Sent-Luis va boshqa xalqaro filiallarida bir semestr yoki undan ortiq vaqt davomida tahsil olishlari mumkin.
Bunday tajriba talabalar uchun nafaqat akademik bilim, balki global dunyoqarash va xalqaro muhitda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Moslashuvchan ta’lim: bir vaqtda ikki yo‘nalish imkoniyati
Vebster talabalarga o‘z akademik yo‘lini moslashuvchan tarzda qurish imkonini beradi. 4 yil davomida ikki ixtisoslikni birlashtirish yoki asosiy yo‘nalishni qo‘shimcha ixtisoslik (minor) bilan to‘ldirish mumkin.
Masalan, talabalar biznesni media yoki xalqaro munosabatlar bilan, IT’ni esa tadbirkorlik bilan birlashtirib, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan kompleks profilni shakllantira oladilar.
Xalqaro muhit va global tafakkur
Universitetdagi ta’lim jarayoni xalqaro muhitda kechadi. Talabalar turli davlatlardan kelgan professorlar va guruhdoshlar bilan birga o‘qiydi, xalqaro loyihalar va tadbirlarda ishtirok etadi.
Bu esa ularga nafaqat bilim, balki ko‘pmillatli jamoalarda ishlash, tanqidiy fikrlash va global muhitda o‘zini ishonchli tutish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Yangi dasturlar: LLB va Strategic Communications
2026-yil qabulida Webster ikki yangi yo‘nalishni taqdim etdi:
Xalqaro huquq (LLB in International Law) diplomatiya, xalqaro tashkilotlar va yuridik sohada faoliyat yuritishni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Strategik kommunikatsiyalar (MA in Strategic Communications) PR, marketing va media boshqaruvi yo‘nalishida strategik darajada ishlashni maqsad qilganlar uchun magistratura dasturi.
Mazkur dasturlar global mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.

Qabul davom etmoqda
2026-yil kuz semestri uchun arizalar qabul qilinmoqda. O‘rinlar cheklangan bo‘lib, abituriyentlar hozirdanoq hujjat topshirish orqali xalqaro ta’lim olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun: webstertashkent.uz
Ro‘yxatdan o‘tish: webstertashkent.uz