Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 14:50
Toshkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlardan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar va yuzga yaqin xorijiy oliygohlar, jumladan, Massachusets texnologiya instituti va Kembrij universiteti vakillari qatnashdi.

Forum davomida bir qator taniqli olimlar va mutaxassislarning ochiq ma’ruzalari tashkil etildi, jumladan:

  • Italiyalik olim, hisoblash fizikasining mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilardan biri Luchiano Rezzolla.
  • 2014-yil Nobel mukofoti laureati va nufuzli iqtisodchilaridan biri Jan Tirol.
  • Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri, professor Erik Grimson.

Shuningdek, forum doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi va xalqaro nufuzli mehmonlar bilan uchrashuvlar hamda muhokamalar o‘tkazildi.