Turizm qo‘mitasi tasarrufidagi texnikum va kollej talabalari davlat granti asosida o‘qiydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
«Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoniga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020-yilda o‘qishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni o‘qitish, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oshiriladi.
2020 yil 1-oktyabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovi 18 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.
2022 yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonga olib kiriladigan dezinfeksiya uchun jihozlar, texnikalar, ularning ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va QQS tashqari) ozod etiladi.