Shveytsariya: UNIL Master’s grant bilan magistraturada o‘qish uchun $1800oylik stipendiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
UNIL - Shvetsariyaning mashhur Lozanna universiteti xalqaro talabalarni 2022-yilda boshlanuvchi magistratura bosqichiga grant asosida qabul qilish boshlanganini maʼlum qiladi. Har yili eng munosib 10 nafar talaba Lozanna universitetining kontrakt (har semestrda toʻlanadigan majburiy 80 CHF bundan mustasno) ozod qilinadi va oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. Talabalardan esa aʼlo oʻqish va berilgan mashgʻulotlarni mukammal darajada oʻzlashtirishlari talab qilinadi. Dasturga quyidagi yo‘nalishdagilar ariza topshira olmaydilar:
- Master from the School of Medicine;
- Master of education;
- Master of Law from the Universities of Zurich and Lausanne;
- Master of criminal Law, magistracy specialism;
- Master of Science in Physical Education and Sports Didactics;
- Master of Science in Health sciences;
- All MASs (PhD programmes).
MUHIM! Huquqshunoslik uchun magistratura stipendiyalariga "xalqaro va qiyosiy huquq" va "huquq nazariyasi" kabi yo‘nalishda o‘qigan talabalarning arizalari qabul qilinadi.
Talablar:
- Nomzod Shvetsariya fuqarosi boʻlmasligi va UNIL universiteti qabul talablariga javob berishi;
- Bakalavr bosqichini yakunlagan bo‘lishi;
- Oʻqish davomida har tomonlama oʻzini koʻrsatgan boʻlishi va a’lo baholarga ega bo‘lsihi;
- Tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (fransuz tili uchun eng kamida B2, ingliz tili uchun C1) ;
- Ariza uchun 200,00 CHF ($220) toʻlay olishi lozim.
Ariza topshirish pochta orqali amalga oshiriladi. Kerakli hujjatlar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.
MUHIM Beriladigan oylik stipendiya Shveytsariya yashash uchun yetarli emas. qolaversa, talabalar uchun har semestrda toʻlanadigan majburiy to‘lovni mustaqil qoplashi(CHF 80=$87) kerak. Yaxshi oʻqiy olmagan yoki dasturni tark etgan talabalar stipendiyadan mahrum qilinadi
Batafsil ma’lumot SHU YERDA.