Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

International Fellowships: Ayol-qizlar uchun AQShda magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul o‘qish imkoniyati

17.09.2021 13:18
International Fellowships: Ayol-qizlar uchun AQShda magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul o‘qish imkoniyati

Muddati:

15.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.aauw.org

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

International Fellowships 1917-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastur AQShda kunduzgi magistratura yoki doktoranturada o‘qiyotgan AQSh fuqarosi bo‘lmagan yoki doimiy rezidenti bo‘lmagan, qolaversa, o‘z yurtiga qaytish niyatida bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Foydali tomonlari:

Magistr/birinchi professional darajadagi talabalar uchun $18,000
Doktorlik darajasi uchun: $20,000
Postdoktorlar uchun: $ 30,000

Bundan tashqari dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

  • Barcha ta’lim xarajatlari qoplanadi
  • Yashash xarajatlari to‘liq moliyalashtiriladi
  • Farzand tarbiyasi vaqtida qo‘shimcha mablag‘ beriladi
  • Professional uchrashuvlar, konferensiyalar yoki seminarlarga qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

Dasturda qatnashish uchun ayol-qizlar ushbu talablarga javob berishi kerak:

  • Avval ushbu grant bilan taqdirlanmagan bo‘lishi kerak;
  • American Association of University Women (AAUW) xodimlari ushbu grantga ariza topshira olmaydilar;
  • AQShda magistratura yoki doktorantura bosqichida o‘qiyotgan yoki o‘qishni niyat qilgan barcha ayol-qizlar qatnasha oladilar;
  • Nomzod har tomonlama faol va a’lo baholarga ega bo‘lishi lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
  • Nomzodlar dastur tugagandan so‘ng o‘z yurtiga qaytishi uchun arzirli sabab ko‘rsatishlari lozim

Talablar va kerakli hujjatlar haqida batafsil SHU YERDA

Ariza topshirish uchun SHU YERGA kiring