Vazirlik qanday hollarda nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilishi mumkin:
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vazirlik quyidagi hollarda nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkin:
⬅️ litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
⬅️ litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
⬅️ litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa.
⬅️ litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori
Qarorda litsenziyalovchi organ (vazirlik) qaysi hollarda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkinligi aniq qilib yozilgan.
❔Savol: sudga berilgan oliygohlardan birortasi ushbu bandlarning biriga tushadimi o‘zi? Yoki Vazirlar Mahkamasi qaroriga vazirlik amal qilmaydimi?