10 ming talabaga mo‘ljallangan Webster University’ning yangi kampusi quriladi
Toshkent shahridagi Vesbster universiteti faoliyatida yangi va tarixiy bosqich boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston” hududida zamonaviy yangi kampus barpo etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi. Mazkur loyiha universitet rivojlanishining navbatdagi muhim qadami sifatida baholanmoqda.
So‘nggi 7 yil davomida O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan universitet talabalar sonining muntazam o‘sishi, xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim tizimi hamda yuqori akademik natijalari bilan ajralib turmoqda. Aynan shu omillar asosida hukumat tomonidan 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan yangi o‘quv majmuasi va talabalar turar joylarini barpo etish uchun 20 gektar yer maydoni ajratildi.
Yangi kampus nafaqat zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratishga, balki talabalar uchun xalqaro darajadagi akademik va ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida innovatsion auditoriyalar, ilmiy tadqiqot markazlari, talabalar turar joylari hamda zamonaviy campus ecosystem’ni rivojlantirish rejalashtirilgan.
2019-yilda faoliyat boshlagan Webster University qisqa vaqt ichida O‘zbekiston oliy ta’lim bozorida o‘zining mustahkam o‘rnini shakllantirdi. Universitet ketma-ket uch yil davomida “Yil brendi” sifatida e’tirof etilgani ham uning ta’lim sifatiga bo‘lgan ishonch va yuqori talabning amaliy ifodasidir.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ta’lim va akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, loyiha mamlakatda xalqaro ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun kengroq imkoniyatlar yaratish hamda global standartlarga mos akademik muhitni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Agar Siz ham xalqaro diplom, global imkoniyatlar va kuchli karyera sari qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz — Vebster universiteti Siz uchun eng to‘g‘ri tanlov.
Ayni vaqtda, 2026-yil uchun universitetga hujjatlar qabuli davom etmoqda. O‘rinlar cheklangan bo‘lib, abituriyentlar hozirdanoq hujjat topshirish orqali xalqaro ta’lim olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun: webstertashkent.uz
Ro‘yxatdan o‘tish: webstertashkent.uz