Diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati - 2022

01.04.2022 13:19
Diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati - 2022

Diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati tasdiqlandi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-fevraldagi 01/qq- va 6-q/q -sonli qoʻshma qarori bilan xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim muassasalarining 2022-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi.

Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlar reytingi asosida tuzildi:

  • ARWU – The Academic Ranking of world Universities;
  • THE – Times Higher Education;
  • QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qaroriga muvofiq, ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Ro‘yxat bilan ushbu fayl orqali tanishishingiz mumkin:

Top-1000(2022).pdf

Fizikani videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.
– Registon o‘quv markazi