Qanday hollarda xorijdan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qanday hollarda chet eldan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi?
- davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;
- masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;
- xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi pochta manziliga yo‘llanmasa, talabaning o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidagi hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmasa.
Shu bilan birga, xorijiy (jumladan qo‘shni) davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga taklif etayotgan norasmiy firmalar, fuqarolar va boshqa shu kabi firibgarlarga ishonib qolmaslik tavsiya etiladi. Zero, shu toifadagi shaxslar talabalikka qabul qilish yoki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hech qanday vakolatga ega emas.