Xorijiy OTMdan oʻqishni koʻchirishning yangi tartibi belgilandi
Adliya vazirligi 2021-yil 15-iyuldan talabalar oʻqishini koʻchirishning yangi tartibi haqida maʼlum qildi.

Adliya vazirligi 2021-yil 15-iyuldan talabalar oʻqishini koʻchirishning yangi tartibi haqida maʼlum qildi.
Bu jarayonlarning tartibi quyidagicha:
- oʻqishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik roʻyxatga kirgan) oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yoʻnalishlariga koʻchirishda:
- alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yoʻnalishlar boʻyicha test oʻtkaziladi;
- test va kasbiy imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy yil 25-iyulgacha, keyinchalik har yili 15-iyulgacha belgilanadi hamda OAVda eʼlon qilinadi;
- oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi;
- test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
- oʻqishni xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.





