Xorijiy OTMlardan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
✅ O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ariza;
- reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma nusxasi;
- pasport nusxasi.
Bunda, o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari tizimida OTM mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.
Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.