O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni keskin ko‘paydi
13.07.2022 11:55

O‘zbekistonda qancha xorijlik talabalar tahsil olayotgani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni quyidagicha ko‘rinishga ega:
- 2016/2017-o‘quv yili – 603 nafar;
- 2017/2018-o‘quv yili – 1320 nafar;
- 2018/2019-o‘quv yili – 2685 nafar;
- 2019/2020-o‘quv yili – 3593 nafar;
- 2020/2021-o‘quv yili – 4219 nafar;
- 2021/2022-o‘quv yili – 5140 nafar.
2020 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistondan 53 ming nafar talabalar xorijda tahsil olmoqda.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylashi mumkin!
29-noyabr 16:53
Talabalar uchun qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi
28-noyabr 11:56