Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda bir qator sohalar bo‘yicha davlat granti asosida taʼlim oladilar

2.10.2023 12:17
Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda bir qator sohalar bo‘yicha davlat granti asosida taʼlim oladilar

Hukumatning “Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son (29.09.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladilar.

Xotin-qizlarni davlat granti asosida o‘qitish xarajatlari:

➖ 2023-yilda respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi:

➖ 2024-yilidan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

2023/2024-yilidan boshlab kollej va texnikumlar direktorlari davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.