Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xotin-qizlar uchun magistratura kontrakti davlat tomonidan to‘lanmasligi mumkin bo‘lgan holatlar

29-avgust 23:00
Xotin-qizlar uchun magistratura kontrakti davlat tomonidan to‘lanmasligi mumkin bo‘lgan holatlar

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti qanday holatlarda davlat tomonidan to‘lab berilmaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (15.08.2022-yil 447-son) qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Talabgorlar o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yilining 15-sentabriga qadar ariza bilan murojaat etadi. Arizalar uch kun ichida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

Qanday holatlarda kontrakt to‘lab berilmaydi?

Quyidagi holatlarda magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab berilmaydi:

  • Talabgor oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga arizani o‘quv yilining 15-sentabridan keyin taqdim etsa
  • Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa

Bu shartlar davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larning to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini ta’minlash maqsadida qo‘yilgan.