Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.
Kimlarga beriladi?
✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
Qaysi kurslarga beriladi?
✅ Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.
Qaysi ta’lim shakliga beriladi?
- Kunduzgi;
- Sirtqi;
- Kechki.
Quyidagilarga berilmaydi:
- super-kontrakt;
- qo‘shma ta’lim;
- masofaviy ta’lim;
- ikkinchi mutaxassislik;
- ordinatura;
- xorijdagi OTMlarga.
To‘lash qachondan boshlanadi?
Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.
Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo‘lish kerakmi?
✅ Yo‘q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.