Grantlar

Yaponiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.

1 909 ko'rish

Yaponiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.

Yaponiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqdaFoto: Okinawa Institute of Science and Technology

Yaponiyaning Okinava fan va texnologiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.

Bunda bakalavriaturaning 3−4-kurs talabalari hamda magistraturaning 1−2-kurs talabalari ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Amaliyot dasturining ko‘plab sohalariga fizika, biologiya, kimyo, fan, muhandislik, nevrologiya, matematika, hisoblash fanlari va tibbiyot fanlari va boshqalar kiradi.

Unda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish testi yoki IELTS sertifikati talab etilmaydi.

Nomzodlar CV, maqsad bayonii, tavsiyanoma hamda diplom va akademik transkriptlar hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni onlayn jo‘natishlari kerak.

Agar nomzod hali o‘qishni tamomlamagan bo‘lsa, o‘quv muassasasidan o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yuklashi kerak.

Amaliyot dasturiga ariza topshirish uchun to‘lovlar yo‘q.

Dastur 2−6 oy davom etadi va ishtirokchilarga yashash xarajatlari institut tomonidan qoplab beriladi.

Ishtirokchilar quyidagi moliyaviy yordam bilan ta’minlanadi:

  • kuniga qariyb $18 to‘lov;
  • transport xarajatlari;
  • sayohat xarajatlari va aviachiptalar uchun to‘lov;
  • bepul turar joy;
  • sug‘urta va viza to‘lovlari.

Arizalar joriy yilning 15-apreligacha qabul qilinadi.

Dastur 2023-yilning oktabridan 2024-yilning apreligacha davom etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Buyuk Britaniya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

MenTalaba.uz

Nega Hamma Mentalaba.uz Haqida Gapiryapti?

Mentalaba.uz – abituriyentlar va talabalar uchun eng so‘nggi yangiliklar, grantlar, imtihon natijalari va ta’lim imkoniyatlari. Nega hamma bu platforma haqida gapiryapti – bilib oling!

755 ko'rish

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish