Yaponiya jamg‘armasi grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Magistratura va PhD uchun nomzodlar yapon tilini bilishlari kerak. Qabul qilinganlarga o‘qish davomiyligiga qarab $1600 gacha oylik stipendiya ajratiladi.
Foto: Kakidai / Wikimedia Commons
Yaponiyaning Xonjo xalqaro jamg‘armasi grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura va PhD uchun hujjat topshirishlari mumkin. Buning uchun deyarli barcha akademik yo‘nalishlar va mutaxassisliklar mavjud.
Nomzodlar universitet tomonidan oldindan tanlanmasdan bevosita jamg‘armaga ham murojaat qila olishadi.
Magistratura uchun 30 yoshagcha, doktorantura uchun esa 35 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar qabul qilinadi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar jo‘natilishi kerak:
- rasm;
- tadqiqot rejasi haqida ikki daqiqalik video;
- akademik transkript;
- tadqiqot taklifi;
- tavsiyanoma.
Nomzodlar yapon tilini bilishlari talab qilinadi. Hujjatlari qabul qilingan nomzodlar bilan intervyu yapon tilida o‘tkaziladi.
Qabul qilingan talabalarga quyidagicha stipendiya ajratiladi:
- 1 yildan 2 yilgacha bo‘lgan daraja uchun oyiga qariyb $1600;
- 3 yillik o‘qish uchun oyiga $1400;
- 4 yildan 5 yilgacha bo‘lgan o‘qish uchun oyiga $1200.
Arizalarni joriy yilning 30-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin.