Abituriyent

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda

5 249 ko'rish

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Namangan shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Hikmatilla Xudoyberdiyev muddatidan avval 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda, deya hikoya qiladi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Hikmatilla Xudoyberdiyev, Namangan shahridagi 1-DIMI 11-sinf o‘quvchisi

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Hikmatilla Namangan viloyatining Uychi tumanidagi Jiydakapa qishlog‘idan. O‘zining aytishicha, 5-sinfgacha mahalliy maktabda peshqadam o‘quvchilardan bo‘lgan. Biroq Namangan shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatiga o‘qishga kirgach, bilimlari unchalik ham maqtanadigan darajada bo‘lmaganini payqagan.

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

“Shundan so‘ng jon-jahdim bilan fanlarni o‘zlashtirishga kirishdim. Ayniqsa, matematikaga qiziqishim baland edi. O‘zi maktabda ham besh-olti dars oldinda yurar, o‘qituvchimiz bergan topshiriqlardan tashqari mashq va misollar ishlab, sinfdoshlarga ko‘mak berib kelardim. Yuqori sinflarga o‘tgandan so‘ng chet tillar, xususan, ingliz tiliga qiziqishim ortdi. Bu tilni chuqur egallamay turib, yetakchi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish haqida orzu qilish befoyda ekanligini anglab yetdim”, — deydi Hikmatilla.

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Qahramonimiz matematika va ingliz tilidan 1310 ball to‘plab, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘ldi. 18 ta xorijiy OTM, jumladan, AQSHning Sinsinati, Arizona, Kolorado, Minnesota, Buffalo, Shveysariyaning Franklin universitetlariga muddatidan oldin o‘qishga kirib, jami 1,3 million dollar miqdoridagi grant sohibi bo‘ldi.

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqdaHikmatilla Xudoyberdiyev.Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Javob kelishini kutayotgan universitetlarim soni bundan ham ko‘p — jami 20 ta. Ular orasida Jon Xopkins, Karnegi, Jorjtaun, Pensilvaniya universiteti kabi top-reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallagan oliy o‘quv yurtlari bor. Ulardagi natijalarim chiqqach, ustozlar va uydagilar bilan maslahatlashib, aniq bir qarorga kelaman”, — deydi o‘quvchi.

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Abdulla Abdurahmonov, Namangan shahridagi 1-DIMI direktori

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda

Maʼlumot uchun, Namangan shahridagi 1-DIMI mamlakatdagi ilk iqtidorli bolalar maktablaridan biri hisoblanadi. 1990-yilda tashkil topgan etilgan ushbu maktabni shu paytgacha 2,5 mingdan ortiq o‘quvchi bitirib chiqdi. Ularning aksariyati keyinchalik nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabalariga aylangan.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish